Ibrohim Abdurahmonov Qozogʻiston Respublikasining ilm-fan va oliy taʼlim vaziri Sayasat Nurbekni qabul qildi

00:09 22 Dekabr 2022 Siyosat
1529 0

Foto: Халқ сўзи

Joriy yilning 21-dekabr kuni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qozogʻiston Respublikasining ilm-fan va oliy taʼlim vaziri Sayasat Nurbekni qabul qildi.

Uchrashuv davomida vazirlar ikkala mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritdi. Xususan, I.Abdurahmonov mamlakatning ilmiy va innovatsion rivojlanishi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi. Tomonlar texnologiyalar transferi, qoʻshma ilmiy loyihalar, olimlar almashinuvi kabi masalalarni muhokama qilishdi.

Uchrashuvda Hukumatlararo darajada ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha hamkorlik qilishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” imzolashga kelishildi.

Ikki mamlakat oʻrtasida maʼlumotlar bazasi almashinuvi, qoʻshma litsenziyalash, patentlash va iqtibos keltirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar berildi. Shuningdek ilmiy loyihalarni ekspertiza qilishda ilmiy-texnik kengashlar hamkorligini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Bu oʻz navbatida obyektiv va mustaqil ekspertiza qilish imkonini beradi.

Tomonlar, shuningdek, 2023-yilda oʻtkazilishi kutilayotgan InnoWeek.uz - xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Kazakhstan&Uzbekistan innovations day yarmarkasini ishga tushirish boʻyicha takliflarni oʻrganishdi. Bunda Oʻzbekiston va Qozogʻistonlik olimlar hamda tadbirkorlar oʻzaro aloqa oʻrnatish, qoʻshni mamlakatda oʻz loyihalarini joriy qilish boʻyicha kelishuvlarga erishish imkoniga ega boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер