Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi

Soʻnggi statistika maʼlumotlariga koʻra, ayni paytda Italiyada 2 289 021 ta holatda koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan. Shundan 79 203 nafar bemor infeksiya oqibatlaridan hayotdan koʻz yumgan. Kasallik mamlakatning deyarli barcha hududida aniqlangan.
Ammo mana pandemiya boshlaganiga bir yilga yaqinlashgan boʻlsa-da, Italiyaning Jilyo oroli aholisi orasida birorta holatda koronavirusni yuqtirish holati qayd etilmagan. Lekin bu vaqt orasida mahalliy aholi vakillari koʻp marta kasallik oʻchoqlaridan tashrif buyurgan aholi vakillariga bilan muloqotda boʻlgan. Shu bois mahalliy olimlar ushbu sirli hodisa yuzasidan tadqiqotlarni boshlab yuborishgan.
Dastlabki xulosalarga koʻra, Jilyo orolida "COVID-19" holatlari mahalliy aholida ikki sababga koʻra yoʻq qayd etilmagan. Ulardan birinchisi toza havo. Ikkinchisi esa barcha mahalliy aholida ana shunday yuqumli infeksiyalarga qarshi kuchli immunitetning mavjudligidir. Olimlarning fikricha, bu holat infeksiyaga chidamlilikda muhim rol oʻynaydi. Bu ham qaysidir maʼnoda hududdagi toza havo bilan bogʻliqdir. Shu oʻrinda beixtiyor ulugʻ mutafakkir, “Tib qonunlari” nazariy va klinik meditsina ensiklopediyasi muallifi Abu Ali ibn Sino «Agar chang va gʻubor boʻlmaganda edi, inson ming yil yashagan boʻlardi" degan gaplari yodga tushdi.
Tadqiqotchilar oʻz nazariyasini tasdiqlash uchun orolga minglab sayyohlar tashrif buyuradigan turistik mavsum tekshiruvning navbatdagi bosqichini oʻtkazmoqchi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring