I MDH oʻyinlari: belbogʻli kurashchilarimiz 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi

11:55 06 Sentyabr 2021 Sport
330 0

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida boʻlib oʻtayotgan BirinchiMDH oʻyinlari dasturidan belbogʻli kurash ham oʻrin olgan.

Nufuzli musobaqaning belbogʻli kurash boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarida jami 14 nafar sportchimiz gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Yosh va umidli polvonlarimiz bosh murabbiy Usmon Mahamatov rahbarligida musobaqada har jihatdan munosib ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, polvonlarimiz 5-sentyabr kungi bellashuvlarda 7 ta oltin, 3 ta kumush va bitta bronza medalini qoʻlga kiritib, norasmiy umumjamoa hisobida faxrli 1-oʻrinni egallashdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi maʼlum qildi.

I MDH oʻyinlarining belbogʻli kurash musobaqalarida oʻz vazn toifalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Oltin medal sohiblari:

-52 kg: Farangiz Abdunabiyeva,

-66 kg: Maftunabonu Mahmudova,

-75 kg: Nusratbek Sultonboyev,

-90 kg: Oybekjon Muhammadov,

-57 kg: Kamronbek Ortiqov,

-68 kg: Oybek Sultonov,

-82 kg: Muhammadjon Rasulov,

Kumush medal:

-48 kg: Mohigul Ibragimova,

-58 kg: Biybigauxar Polatbayeva,

-76 kg: Zemfira Azatova,

Bronza medali:

+76 kg: Munisaxon Nosirova.

Shu tariqa belbogʻli kurashchilarimiz Qozon arenalarida mamlakatimiz bayrogʻini baland koʻtarilishiga erishdi. Vakillarimiz jami 11ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi. Rossiya terma jamoasi 4 ta oltin, bitta kumush va 6 ta bronza medali bilan ikkinchi, 2 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqqan Qozogʻiston terma jamoasi 3-oʻringa sazovor boʻldi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?