“Hyundai Samho Heavy Industries” Oʻzbekistondan malakali ishchilarni jalb qilishga qiziqish bildirmoqda

11:04 21 Aprel 2022 Jamiyat
677 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Mokpo shahri joylashgan dunyodagi eng yirik kemasozlik komplekslaridan biri hisoblangan “Hyundai Samho Heavy Industries” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur kompleksda yiliga oʻrtacha 40 dan ziyod kema ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, hozirda ushbu tashkilotda 300 nafardan ortiq fuqarolarimiz vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Uchrashuv davomida mamlakatimizdan malakali mutaxassislarni ishga jalb qilish borasida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?