Hujjatsiz va ruxsatsiz mahsulotlarning sifatiga kim kafolat beradi?
Mantiqan oʻylab qaralsa, suratlarda aks etgan lavhalar odam bolasini hushyor torttiradi, chamamda. Samarqand qadimiy shahar. Boz ustiga, bugungi shiddatli va gravatatsion jarayonlar dunyo hamjamiyatida oʻz oʻrnimizni shiddat ila koʻrsatishimizni talab etayotir. Aytmoqchimanki, Samarqanddek qadimiy va navqiron shaharga kelayotgan xorijiy mehmonlar bizning estetik va gigiyenik farosatimizga istehzoli kulib ketmayaptimikan?

Bugun favqulodda, Samarqand shahridagi “Siyob dehqon bozori” da boʻldim. Jamoat transporti tirbandlik va asabbuzarlikdan soʻng, avtoturargohga kelib toʻxtadi. Koʻrgan manzaralarimdan lol qoldim. Avtoturargohga kirish darvozasi yonida qovurilgan baliqni reklama qilib sotayotgan sotuvchi aqlimni chalgʻitdi. Avtobusdan men bilan ketma-ket tushgan xorijlik sayyoh fotoapparati bilan baliq sotayotgan ayolni suratga ola ketdi. Avtoturargohdagi pattachi-yu odamlarga holat goʻyo, odatiydek edi...

-Har kuni shu yerda qovurilgan baliq sotaman, deydi- Oqdaryo tumanilik Nazira opa. Uch toʻrt marta soliqchilar hujjat qilib, tegishli joyda savdo qilishim kerakligini aytishdi. Men mayli dedim. Keyin esa ularni izlab topa olmadim...

-Bozorimizga bir kunda yuz minglab odamlar keladi, deydi – bozor pattachisi suratga olayotganimdan ajablanmagandek. – Bu bozorni bitta bozor maʼmuriyati tartibga sololmaydi. Targʻibot kerak! Amaliy ishlar kerak. Soliq qonunchiligini tushuntirishi kerak, bu soliqchilar.
-Nega, bu odamlar shuncha rastalar boʻsh boʻla turib, yerda antisanitariya holatida savdo qilishmoqda?

-Aytayapmanku, targʻibot yoʻq deb. Bizga ham oson emas, har kuni hokimiyat va turli idoralardan dashnom eshitish...

Ulgurji oziq-ovqat doʻkoniga kirib, ul-bul xarid qilgan boʻldim. Kassaga yaqinlashib plastik kartochkamni uzatsam, kassadagi qiz yuzimga tikilib, “bizda terminal apparat yoʻq” deydi..
-Oʻsimlik yogʻining yaroqlilik muddati yoʻqmi, soʻrayman sotuvchidan.

–Bu ulgurji doʻkon, gʻalati savollar berib vaqtimni olmang deydi, sotuvchi.
Oʻylanib, oʻzimga oʻzim savol berdim: Axir, men va menga oʻxshash qancha odamlar bu mahsulotni isteʼmol qilishadiku...

Mana shunaqa gaplar. Koʻp gapiraversangiz bu bozorda gap koʻp ekan. Qolganini tizimga masʼul shaxslar zimmasiga qoldirdik. Zora, joʻyali bir munosabat va amaliy natijalar roʻy bersa?

Umid SORIYEV, Xalq soʻzi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring