Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilaridan biriga aylandi
Oʻzbekiston milliy jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Osiyo qitʼasining eng qimmat futbolchilaridan biriga aylandi. Bu haqda “Transfermarkt” portali maʼlumotlarida qayd etilgan.
Manbaga koʻra, Angliyaning “Brayton” vakili Kaoru Mitomaning transfer qiymati 40 million yevrodan 35 million yevroga kamaygan. Hozirda oʻzbekistonlik 21 yoshli futbolchi Abduqodir Husanovning ham bozor qiymati 35 million yevroga teng. Bu esa Husanov va Mitoma ayni vaqtda Osiyo qitʼasining eng qimmat futbolchisi sifatida reytingda 1-oʻrinda turganini anglatadi.

Oktyabr oyidagi yangilanishdan soʻng yana bir osiyolik futbolchi, “Bavariya” himoyachisi Kim Min Jaening narxi ham 40 million yevrodan 32 million yevroga tushgan. Bu Husanovni transfer qiymati boʻyicha qitʼadagi eng qimmat himoyachiga aylantirdi.
Maʼlumot uchun, Abduqodir Husanov joriy yilning yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan 40 million yevro evaziga Angliyaning “Manchester Siti” jamoasiga oʻtgan edi. U “shaharliklar” bilan 4-yillik shartnoma imzolagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring