Husanov “Napoli”ga qarshi oʻyinda 99 foiz aniq uzatma amalga oshirdi
Kecha, 18-sentyabr UEFA Chempionlar ligasi musobaqasining 1-tur oʻyinlari yakunga yetdi. Soʻnggi bahslarning birida “Manchester Siti” jamoasi oʻz maydonida “Napoli” klubini 2:0 hisobi bilan magʻlub etdi.
Ushbu uchrashuvda toʻliq harakat qilgan oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov oʻyin davomida jami 79 ta uzatma amalga oshirdi. Ushbu uzatmalarning 78 tasi oʻz manziliga aniq yetib bordi.
“Sofascore” portali statistikasiga koʻra, Husanov aniq paslarning soni boʻyicha 1-turdan soʻng, ligada oʻynayotgan barcha futbolchilar orasida 11-oʻrinda turibdi.

Shuningdek, aniq toʻp uzatmalarining foiz koʻrsatkichi boʻyicha Husanov kechagi bahsda 99 foizlik natijaga erishgan. Bu esa dastlabki turdagi eng yaxshi hisoblanadi.
Bu masalada unga aniq uzatmalar boʻyicha TOP-50 da turgan futbolchilardan faqatgina “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong bas kela oldi. Kataloniya klubi aʼzosi ham kechagi oʻyinda aniq paslar boʻyicha 99 foizlik koʻrsatkichga ega boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring