Huquqshunos qonunbuzarlar: Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarligi fosh boʻldi
Illyustrativ foto
Qashqadaryoda 3 nafar advokat pora olayotgan vaqtida qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida faoliyat olib boruvchi advokatlik byurosi advokati jinoyat ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan 2 nafar fuqaroga nisbatan qoʻllanilgan qamoq ehtiyot chorasini sud tizimida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali boshqa ehtiyot chorasiga oʻzgartirib berish evaziga 4 000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Shahardagi boshqa bir advokatlik byurosi advokati esa fuqarolik ishlar boʻyicha Qarshi tumanlararo sudining ish yurituvida boʻlgan ishni huquqiy yordam soʻrab murojaat qilgan fuqaro foydasiga hal qilib berish yuzasidan u bilan shartnoma tuzib, xizmat haqi evaziga 2 million soʻm va davlat boji uchun 1,5 million soʻm oladi.
Bunga qaramasdan, advokat mazkur fuqarolik ishini sud tizimida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali hal qilishini aytib, qoʻshimcha 500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Yana bir holatda, advokat huquqiy yordam soʻrab murojaat qilgan fuqaro bilan shartnoma tuzmagan holda, Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvida boʻlgan bezorilik huquqbuzarligiga oid ishning unga tegishli qismini tergovchi orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilib, muqaddam 2 million soʻm olgan.
Shundan soʻng u ishni goʻyoki ijobiy hal qilganligini aytib, qoʻshimcha 2 million soʻm olgan vaqtida qoʻlga olindi.
Hozirda mazkur advokatlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring