Huquq-tartibot idoralari xodimlari taʼlim muassasalarida yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatadi
Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatadi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.
Qayd etilishicha, oʻquv mashgʻulotlaridan koʻzlangan maqsad maktab oʻquvchilari va talabalarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish, qonunga hurmat, har qanday huquqbuzarlik holatlariga murosasiz munosabatda boʻlishni shakllantirishdan iborat.
Maʼlum qilinishicha, Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi hududiy boshqarmalari tomonidan taʼlim muassasalari bilan ishlash uchun oliy pedagogik maʼlumotga ega boʻlgan maxsus katta inspektorning bitta shtat birligi joriy etiladi.
Katta inspektor taʼlim muassasalarida yoshlar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib boradi, viktorina va tanlovlar tashkil etadi, yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatishda yaratilgan shart-sharoitlarni baholaydi.
Xalq taʼlimi vazirligiga Ichki ishlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda koʻngilli yoshlar ishtirokida taʼlim muassasalarida uch oy muddatda “Yoʻl harakati qoidalarining yosh targʻibotchisi” klubini tashkil etish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring