Humo arenada milliy animatsion filmlar namoyishi boʻlib oʻtdi
«Oʻzbekkino» Milliy agentligi tomonidan “CinemaDays-2020 ” kino kunlari doirasida joriy yilning 5-sentyabr kuni “Humo arena”da bolalar uchun milliy animatsion filmlar namoyishi tashkil etildi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirni oʻtkazishdan maqsad, bolalarga yangi oʻzbek animatsion filmlarini koʻrsatish, ularda yaratilayotgan multiplikatsion asarlarga qiziqish va muhabbat uygʻotishdir.

Bolalar uchun Multiplikatsion filmlar studiyasi tomonidan yaratilgan “Charxpalak 2019”, “Charxpalak 2020”, “Mittivoy”, “Gʻildirakli uy”, “Qoʻzichoq, nay va qaroqchi boʻrilar”, «Avtosarguzashtlar», “Quvvat” kabi multfilmlar namoyish etildi.
Shu bilan birga, tadbir davomida bolajonlar oʻzbek animatorlarining ish jarayonini kuzatish va ular bilan birga turli animatsiyalar chizish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Mutaxassislar tomonidan mahorat darslari, uchrashuvlar oʻtkazildi. Maxsus multqahramonlar bilan bolalar oʻrtasida turli oʻyinlar, shartli musobaqalar oʻynaldi.
Tadbir davomida faol boʻlgan bolajonlarga «Oʻzbekkino» Milliy agentligi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring