“Hugo Boss”ga Osiyoda kim “bos”ligini koʻrsatib qoʻyishdi (mi?)
Germaniyaning kiyim ishlab chiqaruvchi brendi “Hugo Boss” geosiyosiy xavotirlari tufayli kiyim-kechak ishlab chiqarishni Osiyodan Yevropaga qaytarmoqda. Bu haqda Olmoniyaning “Deutsche Welle” nashri xabar bergan.
Oʻtgan yili “Hugo Boss” 4,2 milliard yevrolik rekord daromadga erishib, sof foydani 22 foizga oshirgan boʻlsada, u oʻzini Osiyoda xavfsiz hisoblamayapti.
“Kompaniya «Adidas” va “Puma” kabi Germaniyaning eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri sifatida mahalliy ishlab chiqarishga urgʻu berishni rejalashtirgan», deyiladi xabarda.
Shirkat bosh direktori Deniyel Grider “Welt am Sonntag” nashriga bergan intervyusida ushbu oʻzgarishlarning ahamiyatini taʼkidlab, qitʼalar boʻylab yuk tashish eskirganligini bildirgan. Uning taʼkidlashicha, doimiy qitʼalararo yuk tashish endi geosiyosiy keskinliklar tufayli zamonaviy voqelikka mos kelmaydi.
“Hugo Boss”ning qarori nafaqat ushbu brendning, balki koʻplab xalqaro kompaniyalarning strategiyalaridagi sezilarli oʻzgarishlarni aks ettiradi. Ishlab chiqarishni oʻz mamlakati bozorlariga yaqinlashtirish orqali kompaniya joriy iqtisodiy va siyosiy muammolarga moslashishni maqsad qilgan.
Yevropa Ittifoqi esa milliy kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi siyosati, ayniqsa, bunga sabab boʻlishi mumkin. Xususan, ittifoq oʻz hududida joylashgan kompaniyalarning manfaatlari uchun Xitoy va shu kabi Osiyo mamlakatlari tovarlariga bojni oshirmoqchi. Avvalroq buni YEIning Xitoy avtomobillariga qoʻyilgan bojlar misolida koʻrgan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring