Hududlarni ijtimoiy rivojlantirish koʻrsatkichlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi
Oliy Majlis Senatida Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi hamkorligida tuzilgan ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston aholisining 2050-yilgacha boʻlgan prognozini hisobga olgan holda hududlarni ijtimoiy rivojlantirish koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va shu asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.
Oʻzbekiston aholisi soni bugungi kunda kunda 38 millionga yaqinlashmoqda. 2030-yilga kelib 41 millionga, 2050-yilga borib esa 50 milliondan ortishi kutilmoqda.
BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi mutaxassislari tomonidan vazirlik va idoralar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni ishlab chiqishda aynan qaysi yoʻnalishlarga eʼtibor qaratish zarurligi boʻyicha tavsiyalar berildi.
Yigʻilishda senatorlar, vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan respublikaning ayrim hududlari misolida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish koʻrsatkichlarini belgilab olish va shu asosida oʻrganish oʻtkazish taklifi bildirildi. Ayniqsa, ijtimoiy sohalarda aholining taʼlim, sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish yoʻnalishida erishilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar dolzarbligiga eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring