Hududlarni dori vositalari bilan taʼminlanganini tahlil qildim – bu mutlaqo qoniqarsiz — Shavkat Mirziyoyev

18:35 12 Aprel 2022 Siyosat
821 0

Foto: president.uz

Prezident huzurida farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasida mamlakatda dori vositalari ishlab chiqarishni 3 baravarga oshirish vazifasi qoʻyilgan. Bu borada yanvarda besh yillik dastur ham qabul qilindi.

Lekin sohada ishlarning bugungi holati bilan bu marralarga erishib boʻlmaydi, dedi davlatimiz rahbari.

Mamlakatimizda yiliga 1,6 milliard dollarlik 1,5 mingdan ziyod turdagi farmatsevtika mahsulotlari isteʼmol qilinadi.

Shundan 647 turdagi dori va tibbiy buyumlar oʻzimizda ishlab chiqarilgani bilan, har yili qariyb 1,2 milliard dollarlik mahsulotlar import qilinmoqda.

Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Buxoro va Fargʻonada isteʼmol qilinadigan dorining atigi 2-5 foizi mahalliy ishlab chiqaruvchilar hissasiga toʻgʻri keladi.

“Hududlarni dori vositalari bilan taʼminlanganini tahlil qildim – bu mutlaqo qoniqarsiz. Shuning uchun oʻzimizda ishlab chiqarilgan dori vositalarini koʻpaytirish boʻyicha keskin choralar koʻrishimiz shart”, dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?