Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi
“Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni oʻrganish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-178-son, 15.05.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga oʻqitishga yoʻnaltirilgan “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi.
Quyidagilar “IT-shaharcha”larning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:
— yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yoʻnaltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash boʻyicha intilishlarini ragʻbatlantirish;
— seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn taʼlim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;
— dasturlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish yoʻnalishlarida taʼlim berish, xorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga oʻqitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish;
— yosh avlodni zamonaviy kasblarga oʻqitish, shuningdek, ularda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish koʻnikmalarini oshirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring