Hozirgi zamonda axborotni bekitib boʻlmaydi - AOKA rahbari
Ayni vaqtda Xalqaro press-klubning soʻz hamda matbuot erkinligi haqida davra suhbati oʻtkazilmoqda.
Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev fikr bildirdi.
"Hozirgi zamonda axborotni bekitib boʻlmaydi. Tanqidiy fikrlarni davlat boshqaruv organlari eshitishi, faoliyatini tahlil qilishi kerak.
Oʻtgan yillar davomida katta bir ish amalga oshirilgan, bu matbuot xizmatlarining tashkil etilishi. Matbuot xizmatlari orqali davlat tashkilotlari oʻz ochiqligini taʼminlab berilishi kerak. Hozir mingdan ziyod matbuot kotiblari oʻz faoliyatini amalga oshiryapti. Biz ularni baholashimiz, malakasini oshirishimiz kerak", deydi A.Xodjayev.
Inobat AHATOVA
"Xalq so'zi"
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring