Hozirgacha festival uchun 1 mlrd soʻm ajratilgan, bu summa yana oshishi mumkin — Jahongir Ortiqxoʻjayev

12:18 21 May 2021 Jamiyat
680 0

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali doirasida tashkil qilingan matbuot anjumanida tadbir byudjeti haqida maʼlumot berdi. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat AHATOVA xabar berdi.

“Bu tadbir besh kun deyilgani bilan, agar yoshlar maʼqul keladigan boʻlsa, muddat uzayishi mumkin. Shu boisdan ajratilgan mablagʻlar miqdori ham oʻsish ehtimoli bor. Hozircha dastlabki xarajatlar boʻyicha 1 mlrd soʻm oʻtkazib beryapmiz. Bu summa festival qoʻshimcha tanlovlari, qoʻshimcha tadbirlari evaziga oshishi mumkin”, dedi Toshkent shahar hokimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?