Hokimlarga ishonchsizlik votumini bildirish institutini tashkil etish taklif qilindi

Joriy yil 1-avgustga qadar “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamalarida yurtdoshlarimizdan 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan.
Adliya vazirligi taʼkidlashicha, takliflar orasida mahalliy Kengashlarga ham hokimlarga ishonchsizlik votumini bildirish vakolatini berish haqidagi taklif dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Maʼlum chilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari, yaʼni hokimlarga nisbatan u yoki bu vakillik organi yoki tashkilot tomonidan ishonchsizlik votumini bildirish boʻyicha normalar oʻrnatilmagan.
Olingan statistik maʼlumotlarga koʻra mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2019-2021-yillarda jami 28 253 ta hujjatlari, shundan prokuratura, adliya va boshqa organlar taʼsir choralariga asosan 14 492 ta qaror va farmoyishlar bekor qilingan va 8 725 tasi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan, 5 036 tasi sud organlari tomonidan haqiqiy emas deb topilgan.
Mahalliy vakillik organlari vakolatlarini kuchaytirish, ularni tom maʼnoda xalq vakillari sifatida ijro organlari faoliyatiga huquqiy baho berilishi huquqiy asoslarini yaratish maqsadida hokimlarga va kengashga hisobot beruvchi shaxslarga ishonchsizlik votumini bildirish yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring