Hokim kutubxonaga kitoblar jamlanmasini tuhfa qildi

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Angor tumani hokimi Q.Mardonov tuman axborot-kutubxona markaziga 500 dona turli mavzularda, barcha yoshdagi kitobxonlarga moʻljallangan kitoblar jamlanmasini sovgʻa qildi.
Bugungi kunda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodni milliy gʻurur, Vatanga muhabbat va yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuygʻusi bilan tarbiyalash dolzarb masalalardan biridir.
Hokimning tashabbusi tuman axborot-kutubxona markazining kitob fondini yanada boyitdi. Hozirda markazda 88 mingdan ortiq kitob, shu jumladan, 900 ga yaqin elektron adabiyotlar mavjud.
Kitoblar bayramiga aylangan tadbirda hokim tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Kutubxona jamoasi bilan oʻtkazilgan uchrashuvda kitobxonlikni keng targʻib qilish, aholining kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish yuzasidan fikr almashinildi.
Shuni aytish kerakki, hokimlarning bunday tashabbuslari Surxondaryo viloyatida ommalashmoqda. Bundan oldin Shoʻrchi tumani axborot-kutubxona markaziga tuman hokimi A.Ishmurzoyev oʻzining shaxsiy kutubxonasidan 300 dona kitob sovgʻa qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring