Hindlar Xorazmda melodramma suratga oladi
Oktyabr oyining ohirgi haftasida Xorazm viloyatiga Hindistonning “PANORAMA STUDIOS PVT. LTD.“ kinokompaniyasi ijodkorlari tashrif buyurishadi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad melodramma janridagi “Khuda Haafiz” nomli filmni Xorazm viloyati hududida suratga olishdir. Bu haqda Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Vohada suratga olish ishlari 1 oy mobaynida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Unda Xiva shahridagi “Ichan qalʼa“ hududi, “Erkin“ mehmonxonasi, Yangiariq tumanidagi Ostona qishlogʻi hududi, Urganch shahri aeroporti, “Ayoz-qalʼa“ yodgorligi hududlari va koʻchalarida suratga olish ishlari olib borilishi kutilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, mazkur kinofilmning Oʻzbekiston hududida tasvirga olinishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 13-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-5781-son farmoni ijrosini taʼminlash hamda xorijiy kinokompaniyalar va kinostudiyalarni mamlakatimizga jalb qilish va ularga qulay shart-sharoit yaratib berish maqsadida qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring