Hindistonlik shifokorlar Narpay tumanida

17:39 20 Iyun 2018 Jamiyat
4405 0
Foto: “Xalq so‘zi”

Samarqand viloyat hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida ushbu sohani rivojlantirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishlarida belgilab berilgan topshiriqlari, 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taminlash yuzasidan Narpay tuman tibbiyot birlashmasida 2018 yil 18-21 iyun kunlari Hindistondan kelgan tajribali shifokorlar ishtirokida mahorat darslari va amaliyot kengashlari o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Hindiston davlatining “Brook Farm India” kompaniyasi bilan hamkorlikda malakali jarrohlar doktor Prabal Roy (Laporoskopik xirurgiya, xirurgiya Gi, kolorektal xirurgiya, endovaskuliyar xirurgiya), doktor Yuvray Kumar (ortopedik va bo‘g‘imlar xirurgiyasi), doktor Manish Choudxari (Endomologiya, buyrak transplantatsiyasi, uroonkologiya) kabilar olis tuman markazidagi shifoxonada o‘z dardlariga malham izlab kelgan bemorlar bilan suhbatlashdilar.

Foto: “Xalq so‘zi”

“Bunday mutaxassislarni chaqirishdan maqsadimiz shuki, bazida shifo topish ilinjida Hindistonga yo‘l olgan ko‘pchilik odamlarimizning mablag‘ini, vaqtini tejash va ularga qulaylik tug‘dirishdan iborat edi. Mana bugun ikkinchi kundirki, to‘g‘ri yo‘lni tanlaganimizga amin bo‘ldik. Hindistonlik vrachlar tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasida tumanimizning barcha hududlaridan kelayotgan kasalmand kishilarni ko‘rikdan o‘tkazishyapti. Ularning dardlariga quloq solib, salomatliklarini sinchiklab tekshirishyapti. Xorijlik shifokorlar shoshilmasdan aniq xulosaga kelishgach, jarrohlik operatsiyasi o‘tkazish yoki boshqa usullarda davolash choralarini ko‘radilar”, -deydi Narpay tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Lutfulla Maxmanov.

Foto: “Xalq so‘zi”

“Men bugun hindistonlik travmatologga uchrashib, o‘zimning va qizchamning sog‘ligi haqida murojaat qildim. Xorijlik shifokor menga va qizimga kerakli muolajalarni yozib berdi va tegishli maslahatlarini berdi. Eng asosiysi, o‘zimning ham, qizimning ham sog‘ligida jiddiy muammo yo‘q ekan. Bundan ko‘nglim ancha xotirjam tortdi”, - deydi Oybek Mo‘minov.

Foto: “Xalq so‘zi”
Foto: “Xalq so‘zi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер