Hindistonda sud “COVID-19” bemorlariga kislorod tanqisligi holati sabab hukumatni genotsidda aybladi

01:41 06 May 2021 Jamiyat
695 0

Hindistonda kasalxonalarda tibbiy kislorod yetishmasligi tufayli “COVID-19” bilan kasallangan koʻp sonli bemorlarning oʻlimiga olib keldi. Ushbu holatni Ollohobod Oliy sudi bu mahalliy hokimiyatning genotsid bilan taqqoslanadigan jinoyati sifatida baholagan. Bu haqda mahalliy ”NDTV” kanali xabar bermoqda.

Jamoatchilikning katta noroziligi fonida sud tibbiy muassasalarda kislorod yetishmasligi bilan bogʻliq oʻlimlar boʻyicha sud ishini boshlash toʻgʻrisida qaror chiqardi. Ollohobod sudi sudyalari “koronavirus bilan kasallangan bemorlarning kasalxonalarga kislorod yetkazib berilmagani sababli oʻlishi — bu genotsiddan kam boʻlmagan jinoiy ish” deb hisoblashgan.

Bungacha Dehli Oliy sudi mamlakat rasmiylarini yolvorishga, qarz olishga, “kislorodni oʻgʻirlash”ga, xullas qanday qilib boʻlsada, oʻz fuqarolarining nafas olishiga yordam beradigan yoʻl topishga chaqirgan edi.

Avvalroq, “Pfizer” Hindiston hukumatiga 70 million dollarlik dori-darmonlarni ajratishi haqida xabar bergan edi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, ushbu zaxira mamlakatdagi barcha koronavirus kasallarini 90 kun va undan koʻproq vaqt davomida dori-darmon bilan taʼminlash uchun yetarli boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?