Hindistonda politsiyachilar kabutarni hibsga oldi
Arxiv foto
Hindistonning Jammu shahrida politsiya mahalliy temir yoʻl vokzalini portlatish bilan tahdid qilgan kabutarni qoʻlga oldi. “The Indian Express” nashrining yozishicha, qushning oyogʻiga portlatish tahdidi yozilgan yozuv bogʻlab qoʻyilgan boʻlgan.
Huquq-tartibot idoralari maʼlumotlariga koʻra, qush 18-avgust kuni kechqurun Pokiston bilan chegara chizigʻi yaqinida joylashgan Katmariya hududida ushlangan. Urdu va ingliz tillaridagi eslatmada “Kashmir erkinligi va vaqti keldi” soʻzlari, shuningdek, stansiyani portlovchi moslama yordamida portlatish rejalashtirilgani haqida ogohlantirish boʻlgan.
Manbalarning taʼkidlashicha, bu kabutar bilan tahdid yetkazilgan birinchi qayd etilgan holat. Bungacha Pokiston tomoni havo sharlari, bayroqlar va turli xabarlar yozilgan qushlarni uchirgani haqida holatlar boʻlgan.
Oʻz navbatida, xavfsizlik kuchlari xavfsizlik choralarini kuchaytirdi: vokzal va temir yoʻl relslarini qoʻriqlash uchun kinologlar va sapyorlar olib kelindi, politsiya yuqori shay holatga keltirildi. Mutaxassislar bu hazil yoki fitna ekanini tekshirmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, kabutar bunday xabarlarni yetkazish uchun maxsus oʻrgatilgan boʻlishi mumkin. Ularning taʼkidlashicha, rasmiylar bunday holatlarga oʻta jiddiy qarashga majbur.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring