Hindistonda koronavirusning yana bir yangi shtammi aniqlandi
Hindistonning Gʻarbiy Bengaliya shtatida shifokorlar tomonidan “COVID-19”ning yangi shtammini aniqlandi.
Gʻarbiy Bengaliya mamlakat sharqida joylashgan va Hindistonning beshta shtati bilan, shuningdek Bangladesh, Butan va Nepal bilan chegaradosh. Umuman olganda, oʻtgan bir kun ichida mazkur shtatda yana 9819 kishida infeksiya aniqlangan va shu tariqa bu yerda ushbu virusdan davolanayotganlar soni 58,3 ming nafardan oshgan.
“SARS-CoV-2” virusining ushbu yangi mutatsiyasi “B.1.618” deya nomlangan. U bilan qancha odam zararlangani haqida maʼlumot yoʻq. Shuningdek, manbada ushbu shtammning oʻziga xos xususiyatlari ham aytilmagan. Bu Hindistondan aniqlangan “COVID-19”ning ikkinchi mutatsiyasi hisoblanadi. Oldinroq, bu yerda “V.1.617” shtammi aniqlangan edi. U koronavirusning qoʻsh mutatsiyaga ega varianti sifatida ham maʼlum.
Avvalroq Buyuk Britaniyada ham koronavirus infeksiyasining yana bir mutatsiyasi aniqlangan edi. Taʼkidlanishicha, virusning u Braziliya va Janubiy Afrika variantlariga qaraganda yuqumliroq va vaksinalarga nisbatan kam sezgir boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring