Hindiston va Afgʻoniston uchun turnir yakunlandi, Tojikiston oʻz tarixida ilk bor Eron bilan durang oʻynadi
Kecha, 4-sentyabr kuni Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan “CAFA National Cup” musobaqasining 3-tur oʻyinlari start oldi.
Dastlabki bahsda musobaqaga mehmon sifatida taklif etilgan Hindiston terma jamoasi Afgʻoniston terma jamoasi bilan 0:0 hisobida durang oʻynadi.
Shu tariqa Afgʻoniston guruhda toʻrtinchi, Hindiston esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ushbu jamoalar uchun musobaqa shu bosqichda yakunlandi.
Ikkinchi oʻyinida esa, musobaqaning “B” guruhiga mezbonlik qilayotgan Tojikiston terma jamoasi oʻz tarixida birinchi marotaba Eron terma jamoasi bilan durang oʻynadi. Taʼkidlash kerakki, shu vaqtgacha ushbu terma jamoalar 4-marta oʻzaro toʻqnash kelgan va bu bahslarning barchasida “forslar” gʻalaba qozongan edi.
Bu galgi bahsda 2:2 hisobiga durang natija qayd etildi. Eron terma jamoasining gollariga “Rostov” klubi hujumchisi Muhammad Mohebi mualliflik qildi. Tojikiston terma jamoasining javob goʻllari esa Oʻzbekiston Superligasida toʻp surayotgan futbolchilar Shahram Samiyev hamda Zoir Joʻraboyev hisobiga yozildi.
3-turdan keyin 7 ochko jamgʻargan Eron terma jamoasi endi musobaqa gʻolibligi uchun finalda ishtirok etadi. 4 ochko bilan guruhda 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan Tojikiston terma jamoasi esa endi musobaqaning bronza medallari uchun kurashib koʻradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring