Hindiston hukumati pokistonliklarga berilgan vizani bekor qildi

19:09 24 Aprel 2025 Dunyo
189 0

Foto: Hindustan Times

Hindistonning Jammu va Kashmir hududida sodir etilgan terakt munosabati bilan Hindiston hukumati 27-apreldan boshlab Pokiston fuqarolariga berilgan barcha vizalarni bekor qildi. Bu haqda “The Times of India” gazetasi xabar tarqatdi. Nashrga koʻra, pokistonliklar 27-aprelgacha Hindiston hududini tark etishlari kerak, tibbiy vizalar 29-aprelgacha amal qiladi.

Bundan tashqari, Hindiston fuqarolariga Pokistonga bormaslik tavsiya etiladi. Rasmiylar hozirda ushbu mamlakatdagi Hindiston fuqarolariga imkon qadar tezroq uylariga qaytishlari tavsiya qildi.

Payshanba kuni ertalab Hindiston tashqi ishlar vazirligi Pokistonning Hindistondagi vaqtinchalik ishlar vakili Saad Varraichni chaqirtirdi. Mahalliy OAV xabariga koʻra, Hindiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Vikram Misri Hindiston Pokistondagi missiyasidan harbiy attashelarni chaqirib olishini va Islomoboddagi diplomatik missiya xodimlarini 55 kishidan 30 kishiga qisqartirishini aytdi.

Pokistonning Dehlidagi missiyasidagi barcha harbiy attashelar persona non grata deb eʼlon qilindi. Ularga Hindistonni tark etishlari uchun bir hafta muddat berildi.

Hindiston chorshanba kuni Pokistonga qarshi bir qator choralarni eʼlon qildi. Xususan, mamlakat hukumati ikki davlatning bir qator daryolardan foydalanishini tartibga soluvchi Hind suvlari toʻgʻrisidagi shartnomani toʻxtatishga qaror qildi.

Hindiston hukumati 22-aprel kuni Hindiston shimolida sodir etilgan terakt munosabati bilan shunday choralar koʻrdi. Hujum sayyohlar koʻp toʻplanadigan Pahalgam shahrida sodir boʻldi. Aytilishicha, bir guruh jangarilar odamlarga qarata oʻt ochgan. Hujum oqibatida 30 nafarga yaqin odam halok boʻlgan.

Hindiston rasmiylarining bayonotlariga javoban Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Milliy xavfsizlik qoʻmitasi yigʻilishini payshanba kuniga belgiladi.

“Indian Express” nashri manbalarga tayanib, hujum ortida yetti kishi turganini yozdi. “Hindustan Times”ning qayd etishicha, ular orasida 2018-yilda Pokistonga joʻnab ketgan uchta pokistonlik va Jammu va Kashmirdan ikki nafar fuqaro bor.

Oʻz navbatida, Pokiston Dehliga javoban Hindiston fuqarolariga berilgan vizani toʻxtatib qoʻydi. Bundan tashqari, mamlakat ustidagi havo hududini barcha hind aviakompaniyalari uchun yopdi va Hindiston bilan barcha savdo-sotiqni toʻxtatdi. Ushbu choralar Hindistonning 27-apreldan boshlab pokistonliklarga berilgan barcha vizalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaroriga javob sifatida koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер