Hind filmida oʻzbek aktyori suratga tushmoqda
Hindistonning eng yirik kinokompaniyalaridan biri hisoblangan Panorama Studios Oʻzbekistonda “Khuda Hafiz” nomli romantik jangari filmni suratga olish ishlarini boshladi. Bu haqda “Oʻzbekkino” xabar berdi.
Film rejissyori sifatida Faruk Kabir ishtirok etmoqda. “Khuda Hafiz” filmini suratga olishda qatnashish uchun Hindistondan 130 kishi hamda AQSH, Rossiya va qator Yevropa mamlakatlaridan 30 kishi Oʻzbekistonga kelgan.
Shu bilan birga ijodiy jarayonda Oʻzbekistondan ham aktyorlar, texnik xodimlar jalb qilinmoqda. Oʻzbekistondagi suratga olish ishlari byudjeti bir million dollarga yaqinni tashkil qilishi kutilmoqda. Film Toshkent va Xiva shaharlarida suratga olinadi. Shundan soʻng ijodiy guruh oʻz ishini Hindistonda davom ettiradi.
Ushbu loyihada Muqimiy teatrining mahoratli aktyori Otabek Haqberdiyev ham suratga tushmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring