Hech kim harakatsiz daromadga umid qilmasligi kerak — Alisher Qodirov
Kambagʻallik yoki dangasalik oʻzbeklarga xos emas. Bu sovet kasalligi, sovet iqtisodiy siyosatining oqibatidir, deydi “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov. Siyosatchi bu haqida oʻzining Telegram-kanalida yozib oʻtgan.
“Oʻzbekistonda kambagʻallikni yoʻqotish siyosati, avvalambor, millatni uygʻotish, soʻng, tadbirkorlikni jinoyat deb bilgan sovet iqtisodiy siyosati yaratgan yashirin iqtisodiyot va boqimandalik kayfiyatini yoʻq qilish uchun amalga oshirilgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy islohot edi”, — deydi Qodirov.
Shuningdek u, tadbirkorlikni boshlash, hunar oʻrganish, oʻqish, xorijda ishlash — barchasi davlat tomonidan qoʻllab quvvatlanayotganini qoʻshimcha qilgan.
“Kambagʻallikni tugatish boʻyicha siyosat – soʻnggi, eng ogʻir qatlamga yetib keldi: nogiron va nafaqadagilar istisno, hech kim harakatsiz daromadga umid qilmasligi kerak”, — deydi siyosatchi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring