Hayotning har lahzasi goʻzal...
Fargʻona viloyatida “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori bilan madaniy-maʼrifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, yuzma-yuz muloqotlar davom etmoqda.
Poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli ijodkorlar, olimlar, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda mashhur sanʼatkorlar ishtirokidagi maroqli tadbirkorlar kattayu kichikka xush kayfiyat baxsh etyapti.
Viloyat shahar-tumanlarida tashkil etilayotgan tadbirlarda mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar alohida eʼtirof etilib, sheʼriy mushoiralar qoʻshiqlarga, qoʻshiqlar raqslarga ulanmoqda. Pandemiya davrida bu kabi bayramlarni sogʻingan Fargʻona ahli bunday uchrashuvlardan behad mamnun.
— Xalqimizning bayramona kayfiyatidan bizning ham ilhomimiz joʻshmoqda,-deydi fargʻonalik taniqli sanʼatkor Otabek Muhammad Zohid. – Bunday tadbirlar xalqimizning ertangi kun istiqboliga boʻlgan ishonchini yana-da mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring