Hayot goʻzalliklari kuychisi
Shoir, tarjimon, tarixnavis sifatida tanilgan Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli — Ogahiy oʻz ijodida insonni, hayot goʻzalliklarini, muhabbat mavzuini toʻlib-toshib tarannum etgan. U dunyoga, insonga tuganmas muhabbat, hayotga cheksiz mehr bilan qaraydi, ijtimoiy jarayonlarga qattiq qiziqadi. Shuningdek, shoirning tarixiy asarlari daliliy manbalarning boyligi va ishonchli boʻlishi bilan ajralib turadi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda Adiblar xiyobonida oʻtkazilgan “Ogahiy — tarjimonlik maktabi” mavzuidagi maʼrifiy tadbirda Ogahiy adabiy merosini oʻrganish, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yoshlarimizni ushbu maʼnaviy xazinadan bahramand etish muhim vazifalardan biri ekanligi taʼkidlandi.
Ogahiy 1872-yilda “Oshiqlar tumori” nomli devon tuzgan. Madaniyatimizning durdonasi boʻlgan bu devon oʻzbek mumtoz sheʼriyatining 22 janrini oʻz ichiga qamrab olgan.
Yurtimizda ushbu ulugʻ shoirga alohida hurmat va eʼtibor koʻrsatilmoqda. Xususan, Ogahiy koʻchalar, maktablar, Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri, istirohat bogʻi va boshqa muassasalarida Ogahiy nomi berilgan. Qiyot qishlogʻida Ogahiy bogʻi tashkil etilib, shoirning uy-muzeyi, muzey oldida Ogahiyga haykal oʻrnatilgan.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring