Havoning ifloslanishi va transport vositalari shovqini kombinatsiyasi insult xavfini yanada oshiradi

Arxiv foto
Ifloslangan havo va transport vositalari shovqini kombinatsiyasi inson salomatligi uchun juda xavfli boʻlishi mumkin.
AQSHning Karolina instituti olimlari ushbu omillarning birgalikdagi taʼsiri insult xavfini har biri alohida-alohida boʻlganiga qaraganda kuchliroq oshirishini aniqladi. Hatto ularning darajasi Yevropa Ittifoqi meʼyorlaridan oshmasa va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga yaqin boʻlsa ham.
Tadqiqot Shvetsiya, Daniya va Finlyandiyadan qariyb 137 ming kishini qamrab oldi. Natijalar esa quyidagicha boʻldi.
Havodagi PM2.5 konsentratsiyasining 5 mkg/m3 ga ortishi insult xavfini 9 foizga, transport vositalari shovqinining 11 detsibelga oshishi insult xavfi 6 foiz ortishiga olib keladi.
Ularning birgalikda taʼsir yanada sezilarli boʻladi. Masalan, agar havoning ifloslanishi tinch hududda (40 dB) insult xavfini 6 foizga oshirsa, shovqinli hududda (80 dB) — allaqachon 11 foizga yetadi. Toʻgʻri, bu farq hozircha statistik jihatdan tasdiqlanmagan.
Ilmiy ish mualliflari ushbu omillarning hatto past darajadagi taʼsiri ham xavfsiz boʻlmasligini taʼkidlaydi. Bu amaldagi sanitariya meʼyorlari inson salomatligini haqiqatan himoya qilish uchun yetarli emasligini anglatishi mumkin.
“Insult va boshqa kasalliklar xavfini kamaytirish uchun yanada qatʼiy qoidalar va choralar kerak”, deydi tadqiqotchilar Xuen Nguyen Txi Xan va Jeroyen de Bont.
Shuningdek, yangi maʼlumotlar hukumatga resurslarni aniqroq taqsimlashga yordam beradi. Masalan, havoning ifloslanishi va transport vositalari shovqini yonma-yon keladigan hududlarda ekologik vaziyatni yaxshilash ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchilarning keyingi ilmiy izlanishi havosi toza va tinch joylarga koʻchish insonda yurak-qon tomir tizimi salomatligiga qanday taʼsir qilishini aniqlashga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring