Hataylik mehmonlar Xorazmda

01:02 24 Mart 2026 Welcome to uzbekistan
255 0

Muhtaram Prezidentimiz joriy yil yanvar oyida Turkiyaga rasmiy tashrifi chogʻida Hatay viloyatining Arsuz tumanida “Oʻzbekiston” turar-joy majmuasining ochilish marosimida turkiyalik qardoshlarni, xususan, Hatay aholisi vakillarini yurtimizga sayohat va Navroʻz bayramiga taklif etgan edi. Ushbu tashabbus asosida yurtimizga tashrif buyurgan Hatay viloyati vakillari bugun Urganch xalqaro aeroportida xalqimizga xos mehmonnavozlik bilan kutib olindi. Tadbirda viloyat hokimi Joʻrabek Raximov ishtirok etdi.

Mehmonlar Urganch davlat pedagogika institutidagi Navroʻz tantanalarida ishtirok etadilar. Kunning ikkinchi yarmida “Arda Xiva” xalqaro turizm majmuasi va Ichanqalʼaning tarixiy obidalarini tomosha qiladilar.

Odilbek ODAMBOYEV, “Xalq soʻzi“.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер