Hasanboy Doʻsmatov chempionlik kamari uchun jang qiladigan boʻldi
Hasanboy Doʻsmatov WBA chempionlik kamari uchun jang qiladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi.
Manbaga koʻra, WBA tashkiloti minimal vazn toifasida jahon chempioni Tammanu Niyomtrongning navbatdagi himoya jangiga buyruq bergan va tailandlik chempionga aynan oʻzbekistonlik bokschi Hasanboy Doʻsmatov raqib sifatida koʻrsatilgan.
Aytish joiz, tashkilot joriy yilning fevral oyida ikki tomon kelishuvga erishishi uchun 30 kun muhlat bergandi, biroq muddat allaqachon yakuniga yetganiga qaramay, tashkilotning mazkur jang boʻyicha rasmiy maʼlumot berishi kechikdi.
Maʼlum boʻlishicha, Doʻsmatovning jamoasi jangni Olimpiadadan keyin oʻtkazishni soʻrab, iltimosnoma kiritgan. Tashkilot esa bu soʻrovni maʼqullagan.
Shuningdek, Niyomtrong jamoasi ham bunga rozi boʻlgan. Tailandlik bokschi endilikda ixtiyoriy himoya jangini oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring