Harbiy OTMlariga qizlarni oʻqishga qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmagan — Mudofaa vazirligi rasmiysi

19:12 15 Iyun 2021 Jamiyat
814 0

Bugun AOKAda Mudofaa vazirligi tizimida harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda oliy harbiy taʼlim muassasalariga nomzodlarni qabul qilish tartibiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan “Xalq soʻzi” muxbiri harbiy oliy taʼlim muassasalarida qizlar uchun kvota ajratish masalasida mutasaddilarga savol berdi.

“Bu yilgi uchrashuvlar, targʻibot-tashviqot tadbirlarini olib borish davrida bizga qizlarimizdan yuzdan ortiq takliflar tushdi. Bugungi kunda Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy taʼlim muassasalariga qizlarni olish uchun sharoitlar yaratilmagan. Lekin biz ushbu yoʻnalishda juda katta ishlar olib bormoqdamiz. Yaqinda xorijga borib ularning tajribasini ham oʻrganib keldik. Men oʻylaymanki, keyingi yillarda biz qizlarni oʻqishga qabul qilishni birinchi bosqichda harbiy tibbiyot akademiyasidan boshlaymiz. Keyingi yillarda OHTMga qizlarni kursant sifatida oʻqitish koʻrib chiqiladi”, dedi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshligʻi Ulugʻbek Mamadaliyev.

«Mudofaa vazirligi OHTMda yuqori jismoniy tayyorgarlik talab etiladi, harbiy xizmatchiga beriladigan qoʻshimcha yuk ancha ogʻir. Jamoamizda fuqarolik bilim yurtlarini tugatib maʼlum bir soha kelib faoliyat yuritayotganlar bor. Ular orasida ofitser, fan nomzodi, dotsentlarimiz bor.

Oʻz xotin-qizlarning harbiy xizmatga kirishi masalasi. Oʻzbekiston misolida bu tendensiya juda yuqori. Biz Toshkent shahri misolida kuzatsak, asosan, IIV, Bojxona institutining qizlarini harbiy kiyimda koʻrishimiz mumkin. Shu holatda qizlar uchun kvota ajratish masalasiga doir savollar paydo boʻlishi mumkin», deya qoʻshimcha qildi Qurolli Kuchlar akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari Rustam Samadov.

Inobat AHATOVA,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?