Har yili yuqori harorat sabab butun dunyoda qariyb 550 ming kishi halok boʻladi
“RBC” nashrining “The Lancet” jurnaliga tayanib yozishicha, dunyo boʻyicha yuqori harorat sabab har yili taxminan 550 ming kishi vafot etadi.
“Bu degani — yil davomida har daqiqa yuqori harorat bilan bogʻliq kamida bitta oʻlim sodir boʻladi. Bu haqiqatan ham dahshatli raqam”, — dedi Sidney universiteti professori va hisobot hammualliflaridan biri Olli Jey.
Tadqiqotda qayd etilishicha, 1990-yillardan buyon issiqlik sabab oʻlim holatlari aholiga nisbatan 20 foizga koʻpaygan.
Olli Jeyning soʻzlariga koʻra, olimlar ayrim mintaqalar inson organizmi chidab boʻlmaydigan fiziologik chegara nuqtasiga yaqinlashayotganidan xavotirda. Bu sharoitda odamlar issiqlik va namlikning yuqori darajasida yashab qololmasligi mumkin.
Oʻlim holatlari soni yangi baholash metodlari va oʻlim statistikasiga kengroq kirish imkoniyati tufayli aniqroq hisoblab chiqilgan.
Tadqiqot mualliflari shuningdek taʼkidlashicha, dunyodagi barcha anomal issiqlik toʻlqinlari iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq. Haroratning oshishi nafaqat inson salomatligiga, balki iqtisodiyotga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda: 2024-yilda jazirama tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida dunyo iqtisodiyoti 1 trillion dollar daromaddan ayrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring