Har yili oktyabrning 1-haftasida Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi oʻtkaziladi
“2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib etish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (691-son, 04.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur qaror bilan “2025-2026-yillarda mamlakatimizda qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini targʻib etish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlangan.
Ushbu qarorda quyidagilar nazarda tutilgan, jumladan:
- har yili oktyabrning 1-haftasida Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligini oʻtkazib borish;
- har yili oktyabr oyida qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan respublika darajasida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish;
- Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi faoliyatini yanada takomillashtirish.
Shuningdek, qarorga koʻra, oʻquvchi yoshlar va talabalar ishtirokida qatagʻon qurbonlari tavallud topgan maskanlarda “Yurt va millat fidoiylari yoddan chiqmaslar” mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazilishi ham belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring