Har bir yurakka murojaat
Guliston shahrining “9-Navbahor” saylov okrugidan viloyat Kengashi deputatligiga saylanganimda avvaliga juda hayajon bosdi. Aholisi 16 mingdan ziyod kishidan iborat 5 ta katta mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotini oʻrganish osonmi, degan mulohazalar kechdi dilimdan.
Oradan bir yil oʻtdi. Mahallalardagi muammolarni mahalla yettiligi bilan oʻrganib, tegishli tashkilotlarga soʻrovnomalar kiritdik. Natijada, ular barham topib aholiga qulayliklar yaratildi. Xususan, shaharning ichki koʻchalari taʼmirlandi. 17-maktab atrofiga bolalar xavfsizligini taʼminlash uchun yoʻlchiroqlar, yoʻl belgilari oʻrnatildi. 5 ta mahallada kam taʼminlangan oilalarga oʻz vaqtida koʻmak ajratildi.
Shodlik mahallasida oʻtgan yili “Kambagʻal oilalar reyesstri” kirgan 15 oila kambagʻallikdan chiqarildi. Kam taʼminlangan oilalar roʻyxatida turgan, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bor oilaga mahalla tomonidan qish mavsumi uchun 1 million yordam puli berildi. Shuningdek, homiylar tomonidan farzandlariga parta va stul sovgʻa qilindi. “Ahillik” mahallasida joylashgan 11-sonli DMTT binosi qayta taʼmirdan chiqarildi.
Taʼkidlash lozimki, Prezidentimizning Oliy Majlisga va xalqimizga qilgan Murojaatnomasi biz xalq vakillarini yanada faol boʻlishga undadi. Shu oʻrinda uni har bir yurtdoshimizga, taʼbir joiz boʻlsa, har bir yurakka qaratilgan murojaat deb atasak arziydi. Ayniqsa, ushbu tarixiy Murojaatnoma biz – deputatlarning faoliyat samaradorligini oshirishda muhim dasturilamaldir.
Joriy yilda “Mahallani rivojlantirish va iqtisodiyotni yuksaltirish yili” deb nom berilganidan esa butun xalqimiz va biz deputatlar juda mamnun boʻldik. Zero, mahalla bu – tarbiya maskani, ota-bobolarimiz, momolarimiz milliy qadriyatlarni singdirgan va asrlar osha asrab kelayotgan sharqona urf-odatlar, qadriyatlar maskanidir. Shu bilan birga, bugungi yoshlarimiz oʻzaro mehru muhabbatni, kattaga hurmat, kichikka izzatni, oqibatni va oʻzgalarga koʻmaklashish hissini oʻzi istiqomat qilayotgan mahalladan oʻrganadi. Binobarin, Murojaatnomada koʻrsatilgan muhim ustuvor vazifalardan biri – kelajak avlodni har tomonlama bekamu koʻst kamolga yetkazishdir.
Noriniso QOSIMOVA,
Xalq deputatlari
Sirdaryo viloyat kengashi deputati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring