“Har bir oila – tadbirkor”: roʻzgʻor but, bozor toʻkin
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Qalovini topsa, qor yonar, deydi xalqimiz. Vobkent tumanidagi “Shakarkent” mahallasi masʼullariga bu maqol koʻproq Muhiba Xolovani esga tushiradi.
Gap shundaki, roʻzgʻor tashvishlarini yengillashtirishga bel boylagan ayol tuman hokimligi koʻmagida bankdan 10 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit olgan va hovlisida ixchamgina issiqxona barpo etgan edi. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasidagi bu ish ortidan Muhiba opaning tomorqasi qishin-yozin ishlaydigan kichik agrokonveyerga aylandi. Hozir issiqxonaning ikki sotixida ekilgan 500 tup bodring hosilga kirgan. Ikki sotix maydondagi 40 tup limondan ham moʻl hosil olinyapti. Tomorqaning bir qismida koʻkat va sarimsoqpiyoz ham yetishtirilmoqda.
— Hududimizdagi har ikki xonadonning birida issiqxona bor, — deydi mahalla raisi A. Asadov. — Yilning toʻrt faslida istalgan sabzavotni topishingiz mumkin. Biz Muhiba Xolova kabi mirishkorlar tajribasini ommalashtirish evaziga shunday natijaga erishdik. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi roʻzgʻorni but, bozorni toʻkin etyapti. Tomorqadan qoʻshimcha daromad topish orqali fuqarolarimizning turmush darajasi yaxshilanib bormoqda.
Tinib-tinchimas ayol Muhiba Xolovaga kelsak, u joriy yil oxiriga qadar hovlisida yana bitta issiqxona qurish niyatida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring