Haqiqiy ehtiyoji bor aholi davolanish uchun yillab navbatda turgan bir vaqtda, ayrim markazlar samarasiz moliyalashtirib kelingan — Prezident
Foto: president.uz
Prezident “order” tizimi haqida:
“Xabaringiz bor, yaqin-yaqingacha ehtiyojmand aholining, respublika tibbiyot markazlarida davolanishi uchun «order” degan bir eski tizim bor edi.
Ushbu “orderlar” qogʻoz shaklida yuritilib, aksariyat hollarda tanish-bilishchilik asosida berib kelingani hech kimga sir emas.
Shu bilan birga, “order” uchun mablagʻlar respublika tibbiyot markazlariga bemor kelsa-kelmasa, uning miqdori yetarlimi yoki yoʻqmi, har yili oʻtkazib kelingan.
Oqibatda, haqiqiy ehtiyoji bor aholi davolanish uchun yillab navbatda turgan bir vaqtda, ayrim markazlar samarasiz moliyalashtirib kelingan.
Biz bunday amaliyotdan toʻliq voz kechib, ehtiyojmand aholi uchun, respublika tibbiyot markazlarida xizmat koʻrsatishning ochiq va shaffof, yangi tizimiga oʻtdik.
Endi, ixtisoslashgan markazlarda bepul davolanadigan kasalliklar roʻyxati shakllantirilib, tibbiy yordam uchun yoʻllanma haqiqiy ehtiyoji bor aholiga “elektron navbat” asosida berilmoqda».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring