Haqiqiy asarlar yillar davomida suratga olinadi — Abduxalil Mignorov seriallar haqida

Xabaringiz bor, Fargʻona viloyatida “Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” shiori ostidagi “Kinokarvon” boʻlib oʻtmoqda.
Loyiha ishtirokchisi, aktyor hamda rejissyor Abduxalil Mignorov Qoʻshtepa tumani Madaniyat uyida boʻlib oʻtgan tadbirda oʻzbek kinosida soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi.
“Biz kinochilarning xalqimiz oldida qarzimiz koʻp. Kelinglar, dardlashaylik desam hozir taʼnani ostida qolib ketishim mumkin. Kim boʻlishidan qatʼiy nazar, avvalo, seriallardan savollar beradi.
Ammo biz harakatdamiz, oʻzbek kinosida ham katta-katta loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, 5-10 yil soʻnggida tarixiy filmlarga qoʻl urilmoqda, ketma-ket shu yoʻnalishdagi kinolar suratga olinmoqda. Biz bularni yangi davrga qadam deb hisoblayman.
Misol uchun, oʻzim ham 5 yil avval Termiziy haqidagi tarixiy filmga qoʻl urgandim. Shu bois aytishim mumkinki, suratga olish juda ham qiyin. Axir haqiqiy kinolar, haqiqiy sanʼat asarlari yillar davomida suratga olinadi. Iltimos, telekanallar orqali efirga uzatilayotgan seriallardan kelib oʻzbek kinosi haqida xulosa chiqarmanglar” — deydi rejissyor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring