Hamon “tilsiz yov” iskanjasida qolayotgan Los-Anjeles shahri pushti rangga burkandi (+foto)

Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etish uchun oʻzgacha usuldan foydalanilmoqda. Bu haqida “The independent” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlari bilan kurashayotgan ekipajlar uylar va tepaliklarni yongʻinga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan yopib chiqmoqda.
Oʻt oʻchiruvchilar aynan qayerga ishlov berilganini koʻrish maqsadida eritma tarkibiga pushti boʻyoq ham qoʻshishmoqda. Natijada Los-Anjeles koʻchalarida noodatiy manzaralar hosil boʻlmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlardan koʻrish mumkinki, ushbu kukun butun hudud boʻylab mashinalar, daraxtlar va yoʻlaklarni qoplagan.
Xabarlarga koʻra, ushbu kimyoviy aralashma 1963-yildan beri AQSHda yongʻinlarga qarshi kurashda qoʻllanilib kelinadi. Bu kimyoviy kukun dunyodagi eng koʻp ishlatiladigan yongʻinga qarshi vosita hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, AQSHning Kaliforniya shtatida davom etayotgan oʻrmon yongʻinlari oqibatida yetkazilgan zarar taxminan 250-275 milliard dollarga yetgan. Ayni vaqtda, yongʻin oqibatida vafot etganlar soni 25 nafarni tashkil qilmoqda.
Yongʻin xavfsizligi xodimlari xavfli hududlardagi aholiga agar xavfni sezsalar, rasmiy evakuatsiya buyrugʻini kutmasdan uydan chiqib ketishlari kerakligini maslahat bermoqda, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring