HAMAS Isroilning urushni tugatish shartlariga koʻnmasa, tez kunda ular uchun doʻzax eshiklari ochiladi — Isroil mudofaa vaziri

11:09 23 Avgust 2025 Dunyo
158 0

Isroilning Gʻazoga uyushtirgan soʻnggi hujumlari oqibatida kamida 65 nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida “Al Jazeera” nashri maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, Isroilning Gʻazoga uyushtirayotgan hujum koʻlamini kengaytirishi oqibatida Gʻazo shahrining oʻzida 37 nafar falastinlik qurbon boʻlgan. Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, juma kungi hujumlarda kamida 12 nafar tinch aholi vakillari hayotdan koʻz yumgan.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, Isroil hukumati Gʻazo shahrining “Shayx Radvan” mahallasida joylashgan maktab hovlisidan boshpana izlayotgan oʻnlab falastinliklar havo hujumiga duchor boʻlgan. Shuningdek, Isroil mudofaa vaziri Israel Kats HAMAS Isroilning urushni tugatish shartlariga boʻysunmasa, Gʻazo shahri vayron boʻlishidan ogohlantirgan.

“HAMAS Isroilning urushni tugatish shartlariga rozi boʻlmasa, Gʻazo shahri vayronagarchilikka duchor boʻladi. HAMAS harakati va jangarilari uchun yaqin kunlarda doʻzax eshiklari ochiladi”, — deb yozadi mudofaa vaziri Israel Kats oʻzining “X” tarmogʻidagi sahifasida.

Avvalroq, 21-avgust kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Qatar va Misr vositachiligida qabul qilingan soʻnggi sulh taklifiga javoban, hukumat rasmiylariga qolgan asirlarni ozod qilish va urushni tugatish uchun zudlik bilan muzokaralarni boshlash toʻgʻrisida koʻrsatma berganini maʼlum qilgan.

Shunga qaramay, Netanyahu Isroil harbiylariga Gʻazo shahrini egallash uchun bir necha kun ichida boshlanishi mumkin boʻlgan yirik operatsiya oʻtkazishga ruxsat berganini ham tasdiqlagan.

«Al Jazeera» muxbiri Tariq Abu Azzoumning taʼkidlashicha, Gʻazo shahriga keng koʻlamli hujumlar tinimsiz davom etmoqda.

“Kecha Gʻazoda yana bir halokatli tun boʻldi. Tongda esa qaygʻu va chidab boʻlmas ogʻriq hukm surdi. Bu ogʻriqlar tunni hudud boʻylab qoʻngʻiroq qilish uchun shoshilib oʻtkazgan qurbonlarning qarindoshlari va favqulodda yordam xodimlarining yuzlarida koʻrish mumkin”, — deydi jurnalist Abu Azzoum.

Nosir tibbiyot majmuasidagi manbalarning bildirishicha, Isroilning Xon-Yunis shahridagi vaqtinchalik boshpanalarga uyushtirgan havo hujumi oqibatida bir ayol va toʻrt nafar bola qurbon boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер