HAMAS Gʻazo sektori boshqaruvini Falastin maʼmuriyatiga topshirishi mumkin

12:49 17 Fevral 2025 Dunyo
194 0

HAMAS Gʻazo sektori ustidan nazoratni Falastin milliy maʼmuriyatiga topshirishga tayyor, deb xabar berdi “Sky News Arabia” telekanali.

Maʼlum qilinishicha, HAMAS tegishli qarorni Qohiradagi muzokaralar davomida Misr taʼsiri ostida qabul qilgan.

“HAMAS Qohiraga tashrif buyurgan delegatsiyasiga Misr tomonidan kuchli bosim oʻtkazilganidan soʻng Gʻazo ustidan nazoratni Falastin maʼmuriyatiga topshirishga rozi boʻldi. Bunga javoban HAMAS Gʻazo amaldorlarini yangi maʼmuriyatda ish bilan taʼminlashni va agar ular ishdan boʻshatilsa, maoshlarini olishda davom etishni talab qilmoqda”, – deya maʼlumot berilgan telekanalga.

Sektordagi Isroil—HAMAS kelishuvining ikkinchi bosqichi yuzasidan muzokaralarni yaqin kunlarda amalga oshirish reja qilingan. Ikkinchi bosqich tirik qolgan barcha isroillik mahbuslar ozod qilinishini oʻz ichiga oladi. Ularning soni hozirda 73 nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер