HAMAS asirlarni ozod etishni toʻxtatdi
HAMAS Isroilni sulh shartlarini buzganlikda ayblab, shanba kuni Gʻazoda boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan garovdagilarni qoʻyib yuborish operatsiyasini kechiktirish haqida maʼlum qildi.
“Ushbu qoidabuzarliklar qatoriga koʻchirilganlarning Gʻazo shimoliga qaytishini kechiktirish, anklavning turli hududlarini oʻqqa tutish va kelishilgan miqdorda gumanitar yordam yetkazilishiga toʻsqinlik qilish kabilar kiradi”, deyiladi harbiylar bayonotida.
Isroil taraf bu kechiktirishni bitimning toʻliq buzilishi deb qabul qilinishini aytib, oʻz harbiylariga har qanday holatga tayyor turishni buyurdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp esa Isroilni sulhni bekor qilishga va agar HAMAS shanba kunigacha qolgan barcha garovga olinganlarni ozod qilmasa, “jahannamni ular uchun uyushtirib berish”ga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring