HAMAS: Gʻazoda otashkesim boʻyicha muzokaralarda hech qanday ilgarilash yoʻq
Foto: Reuters
Falastinning HAMAS harakati Gʻazo sektoridagi mojaroni toʻxtatish boʻyicha Qatar va Misr orqali olib borilayotgan vositachilik harakatlariga qaramay, hozircha biror natija koʻzga tashlanmayotganini maʼlum qildi.
Harakat siyosiy byurosi aʼzosi Usoma Hamdon Al Araby telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi:
“Doxadagi oxirgi muzokaralar davrida tomonlarni qoniqtiradigan kelishuvga deyarli erishgandik. Biroq AQSHning maxsus vakili Stiven Uitkoffning bayonotlari butun jarayonni izdan chiqardi. Shunga qaramay, Qatar va Misrdagi birodarlarimiz vositachilik harakatlarini toʻxtatmadi. Ammo hozirgacha ularning urinishlari sezilarli natija bermadi va bizga rasmiy ravishda hech qanday yangilik yetkazilgani yoʻq”, — dedi u.
Maʼlumot uchun, 6-iyul kuni HAMAS va Isroil Qatar, Misr hamda AQSH vositachiligida Gʻazoda otashkesim va garovdagi isroilliklarni ozod qilish boʻyicha muzokaralarni qayta boshlagan edi.
24-iyulda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMASning soʻnggi taklifga javobini bahona qilib, delegatsiyasini Doxadan chaqirib oldi. AQSH ham HAMAS javobini “otashkesimga erishish istagi yoʻqligini koʻrsatadi” deb baholab, oʻz vakillarini maslahatlashuv uchun qaytarib yubordi.
HAMAS esa bu fikrga qoʻshilmasligini bildirib, vositachilar javobni “konstruktiv” deb ataganini eslatdi. Iyul oxirida harakatning Gʻazodagi rahbari Xalil al-Hayya blokada davom etayotgan paytda Isroil bilan muzokaralarni maʼnisiz deb atagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring