Ham arzon, ham sifatli mahsulotlar yarmarkasi

13:27 26 Avgust 2024 Jamiyat
320 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatining 14 ta manzilidagi yarmarkalarda qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bir qatorda, maktab oʻquvchilari uchun zaruriy ehtiyojlardan tarkib topgan “Maktab bozori” ham faoliyat olib bormoqda.

— Mahsulotlar mahalliy bozorlardagi narx-navoga nisbatan 30 foiz arzon, — deydi Andijon shahridagi A. Fitrat nomli koʻchada yashovchi mehnat faxriysi Zulxumor Abdusalomova. — Mahallamizdagi yarmarka tufayli ham vaqtimiz, ham naqdimiz tejalmoqda.

Savdo yarmarkalari tashkil etilgan hududlarda, shuningdek, turli ijodiy guruhlarning bayram dasturlari ham namoyish etilmoqdaki, bu hamyurtlarimizning koʻngilli dam olishlari va bayramni munosib kutib olishiga xizmat qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер