“Ham aytaman, ham qaytaman”: Tayson Fyuri uchinchi marta faoliyatini yakunladi

Superogʻir vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri kutilmaganda professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Bu haqida “The Athletic” nashri xabar berdi.
“Men boksdan ketganimni eʼlon qilmoqchiman. Bu yoʻl juda ajoyib boʻldi, men uning har bir daqiqasini yaxshi koʻraman va shu bilan yakunlayman”, — deydi Fyuri.
Qizigʻi shundaki, britaniyalik bokschi uchinchi bor faoliyatini yakunlayotganini eʼlon qilgan. Bungacha Fyuri 2016-yilda Vladimir Klichkoni magʻlubiyatga uchratganidan keyin boksdan ketishini aytgan edi. 2018-yilga kelib, ikki yillik tanaffusdan soʻng Fyuri yana profboksga qaytganini maʼlum qilgan.
2022-yilda u hamyurti Dillian Uaytni magʻlub etganidan keyin ikkinchi bor faoliyatini toʻxtatishini eʼlon qilgan. Bunga sabab qilib Deontey Uaylderga qarshi oʻtkazilgan uchta jangdan keyin superogʻir vaznda oʻziga munosib raqib qolmaganini aytgan. Oradan olti oy oʻtib, yana oʻz faoliyatini tiklagan hamda professional boksdagi yurishini davom ettirgan.
Tayson Fyuri soʻnggi ikki jangini ukrainalik WBA, WBC va WBO chempioni Aleksandr Usikka qarshi oʻtkazib, har ikkala jangda ham ochkolar hisobida magʻlub boʻldi.
Britaniyalik bokschi shu vaqtga qadar ikki marta ogʻir vazn toifasida chempion boʻlgan. Faoliyati davomida 34 gʻalaba, ikki magʻlubiyat va bitta durang natijalarni qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring