Hali davlat xizmati chinakam xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yoʻq — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun gʻoyat muhim masala - davlat xizmatini isloh qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
«Bugungi mavzu 30 yildan beri keyinga surilib kelayotgan masalalar yechimiga qaratilgan.
Gap 35 million aholimizning hayotini yengil qiladigan, kayfiyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan – davlat xizmatini isloh qilish hamda boshqaruvda natijadorlik va sifatni oshirish haqida borayapti», dedi davlatimiz rahbari yigʻilish avvalida.
Taʼkidlanganidek, bu sohada 118 ming kishi mehnat qilmoqda. Soʻnggi yillarda davlat xizmatchilari xalqqa ancha yaqinlashdi, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Xodimlarga samarali ishlashlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.
Natijada, davlat xizmatida 40 yoshgacha boʻlgan xodimlar ulushi 61 foizga yetdi (ilgari 37 foiz boʻlgan).
“Lekin, hali davlat xizmati chinakam xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yoʻq”, dedi Prezident.
Misol uchun, oʻtgan yili Xalq qabulxonalariga vazirlik va hokimliklar xodimlarining bilimsizligi va masʼuliyatsizligi haqida 25 mingta, ularning muloqot madaniyati yetishmasligi bilan bogʻliq 7 mingta shikoyat kelib tushdi.
Eng koʻp shikoyatlar Sogʻliqni saqlash, Xalq taʼlimi vazirliklari, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari faoliyati bilan bogʻliq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring