“Hakam sovrin olishi kerak edi, siz emas!” — Eronlik futbolchi kechagi final haqida fikr bildirdi
Foto: OʻFA (arxiv foto)
Kecha, 8-sentyabr kuni Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan “CAFA National Cup” musobaqasining final oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eron milliy jamoasi ustidan 1:0 hisobiga gʻalabaga erishdi.
Ushbu oʻyindagi qator vaziyatlarda hakamning yakuniy qarorlari Oʻzbekiston termasi foydasiga ishlagani Eron matbuotidan tortib, federatsiya rahbarlarining ham eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Xususan, Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj jurnalistlarga bergan intervyusida hakamlikdan koʻngli toʻlmagani va bu haqda barcha rahbarlarga aytganini maʼlum qildi.
Bugun esa final oʻyinida maydonda harakat qilgan Eron terma jamoasi himoyachisi Husayn Kanoni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Oston Oʻrunov Instagram sahifasiga joylagan rasm ostiga quyidagi izohni yozib qoldirdi:
“Hakam sovrin olishi kerak edi, sizlar emas”.
Maʼlumot uchun, Oston Oʻrunov va Husayn Kanoni jamoadosh hisoblanishadi. Har ikki futbolchi ayni paytda Tehronning “Persepolis” jamoasida faoliyat olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring