Haftaning ikkinchi yarmida qor yogʻishi mumkin — “Oʻzgidromet”

13:08 02 Fevral 2026 Jamiyat
273 0

Foto: Muhsin Umurzoqov/“Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 6-fevralgacha boʻlgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Unga koʻra, Turkmanistondan nam havo massalari kirib kelishi sabab ushbu hafta beqaror ob-havo kuzatilishi mumkin.

Prognozlarga koʻra, respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat 4-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 2—3-fevralda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston hududi boʻyicha harorat foni kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 13-18 daraja iliq atrofida boʻladi.

Juma kuni esa vaziyat oʻzgaradi, Oʻzbekistonga Qozogʻiston hududidan sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Buning hisobiga respublika boʻyicha 6-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Harorat kun davomida pasayib, kechasi va kunduzi 1-6 daraja iliq; shimolda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Respublika boʻylab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 2-3-fevral kunlari respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjud.

Toshkentda 2-fevral kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat 13-15 daraja iliq boʻladi. 3-fevralda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq boʻladi. 4-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq boʻladi. 5-fevralda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq boʻladi. 6-fevralda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Harorat kechasi va kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер