Hafta oʻrtasida yana yogʻingarchilik kuzatilishi kutilmoqda
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 19-23-yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun va ertaga Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bugun faqat Navoiy viloyatida va ertalab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida biroz qor yogʻadi.
Ertaga 20-yanvar kuni faqat respublikaning janubiy-gʻarbiy hududlari boʻyicha kechqurun yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 21-23-yanvar kunlari Oʻzbekistonning katta qismida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Haftaning birinchi yarmida havo harorati kechalari 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida boʻladi. Haftaning ikkinchi yarmida harorat asta-sekin kechalari 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha pasayadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida ushub hafta davomida harorat asosan kechalari 8-13 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, 23-yanvarga kelib, 3 daraja iliqqacha boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 21-22-yanvarda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi. Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkent shahrida 19-21-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 2 daraja sovuq-1 daraja iliq, bugun va ertaga kunduz kunlari 3-6 daraja iliq, 21-yanvar-chorshanba kuni 7-9 daraja iliq boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
22-23-yanvarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Harorat 22-yanvarda kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq, 23-yanvarda kechasi 3-6 daraja sovuq, kunduzi 0 daraja atrofida boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring